MAHORATLI TARBIYACHILAR

Туман янгиликлари

Choyko‘l ovulidagi 16-sonli MTTning maktab ta’limiga tayyorlov guruhida 30 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ular mahoratli guruh tarbiyachilari Gulxan Yo‘ldosheva hamda Yulduz Saidova rahbarligidagi turli mashg‘ulotlarda ishtirok etib, dastlabki bilim va  ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda. Bolalar o‘zlari yodlagan she’rlarini, ashulalarini aytishib, bog‘cha opalari  yordamida kichik sahna ko‘rinishlari tayyorlashni o‘rganishayotganidan ularning ota-onalari ham mamnun.

Tabiat bag‘riga sayohat, ertaklar olamiga sayohat kabi mashg‘ulotlar bolajonlar uchun yanada maroqli. Ushbu mashg‘ulotlar orqali ularning qalbida ona tabiatga mehr, ezgulikni ulug‘lash, yomonlikdan nafratlanish tuyg‘ulari uyg‘onib, hatto bu boradagi fikrlash qobiliyatlari rivojlanayotgani quvonarli. Albatta, bunda mahoratli tarbiyachilarning mehnati tahsinga loyiq.

Suratda: MTT maktab ta’limiga tayyorlov guruhi tarbiyachisi G.Yo‘ldosheva bolajonlar bilan navbatdagi mashg‘ulot paytida.