FHDYO ORGANLARIDA ISH YURITISH TARTIBIGA OʻZGARTIRISH KIRITILDI

Туман янгиликлари

Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan berilgan guvohnoma va ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Amudaryo tumani FHDYO bo‘limida fuqarolarga malakali yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bo‘lim tomonidan 2022 yil davomida 5258ta tug‘ilganlik qayd etildi. Yolg‘iz onalar tomonidan berilgan arizaga asosan 59ta tug‘ilganlik ro‘yxatga olindi.

Hozirgi paytda tug‘ilganlik holati FHDYO bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma berilmoqda. Ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan ta’qiqlanadi. Tibbiyot muassasasi bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi barcha ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo‘limiga “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan, perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

B.Sobirov,

tuman FHDYO bo‘limi inspektori.