BOLALARDA GIJJA KASALLIKLARINING OLDINI OLISH BOʻYICHA TADBIRLAR OʻTKAZILMOQDA

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan tumandagi barcha bolalar o‘quv muassalarida bolalar orasida parazitar kasalliklarining profilaktikasi bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar yuzasidan amaliy ishlar tashkil etildi. Bo‘lim laborant-parazitologlari tomonidan bolalar o‘quv muassalarida joyiga chiqqan holda gijja kasalliklariga laborator tekshiruvlari yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, bolalarda gijjalar paydo bo‘lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo‘lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo‘ladi. Shifokorlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo‘lavermaydi. Ko‘pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo‘ladi. Bolalarda me’da-ichak yo‘llari mutlaqo himoyasiz bo‘lgani uchun, uning bu sohadagi ta’sirlarga duchor bo‘lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo‘ladi.

Tekshiruvlar davomida gijja kasalliklari aniqlangan bolalar bilan muloqotda bo‘lganlardan zarur analizlari olinib gijja kasalliklariga tekshirilib, gijja kasalliklari aniqlangan bolalarda va musbat natija qayd etilganlar bilan muloqotda bo‘lganlarda sog‘lomlashtirish choralari o‘tkazilmoqda. Bo‘lim shifokorlari tomonidan o‘quv muassalarida bolalar orasida parazitar kasalliklarining yuqish yo‘llari, kasallik alomatlari, alomatlari gijja kasalliklariga gumon qilinganda shifokorga murojaat qilish va kasalliklardan saqlanish tartib-qoidalari hamda shaxsiy gigiyena qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

J.Kamolov, tuman SEO va JS bo‘limining Parazitologiya bo‘linmasi mudiri.