Amudaryo tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxasislari tomonidan Amudaryo tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish, ta’qiqlangan mahsulotlarni tashkilot hududiga kiritmaslik, ovqatdan zaharlanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida MTTlarning oshxonalari jihozlanishi, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanish tartibiga amal qilishi, oshxonada taom tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari va normativlariga rioya qilishga doir mavzularida hamshira, oshpazlar va tarbiyachilarga tushunchalar berildi. Shuningdek, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining sanitariya-gigena laboratoriyasiga hududlardagi MTTlarda tayyorlanayotgan, saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar keltirildi. Olingan namunalar organoleptika, namlik, kislotalik, kleykovina, ombor zararkunandalari, metall aralashma, g‘ovakligi, azot nitrat, mahsulotning qaynatilishi, yog‘i, quruq qoldig‘i, ishqoriyligi, undagi yod miqdori, og‘ir metal tuzlari, tayyor taomlarning termik ishlov berilishi kabilar sutkalik kaloriya ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘rildi.
Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida namunalarni tegishli sanitariya qoida va me’yorlari va oziq-ovqat mahsulotlari texnik reglamentlari asosida tekshirildi.
R.Gulmanova, tuman SEO va JSB sanitariya-gigiyena laboratoriya mudirasi.