YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK!

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarni himoya qilish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm illatlarining oldini olishga ko‘maklashish lozim.

Amudaryo tumanida ham “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asraylik!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tumandagi 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman IIB JXX HPB VЕMB inspektor-psixologi, leytenant N.Erdosheva,  tuman hokimligining din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Muzaffar Sherimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Ma’naviyat-ma’rifat” markazi tuman bo‘limi mutaxassisi Z. Soatboyeva, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimbaychiyeva hamda maktab o‘qituvchilari, yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar, yoshlar ongini turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, internet tarmoqlari orqali turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, doim ogoh va hushyor bo‘lish haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga zararli illatlarning oqibatlari to’g’risida videoroliklar namoyish etildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati