9 oy davomida tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 54 ming 175 ta davlat xizmati koʻrsatilgan

Туман янгиликлари

Adliya bo‘limlari tuzilmasiga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYO organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi zimmasiga jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash vazifalari yuklatilgan.

Amudaryo tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 54175 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 1800dan ortiq davlat xizmatlari yuridik shaxslarga, 52000 dan ortiq davlat xizmatlari jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan.

Davlat xizmatlari markazlarida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning eng ko‘p foydalanishgan davlat xizmatlari, jumladan Elektron raqamli imzo kalitlarini berish (12357 ta), Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish (6897 ta), Narkologiya va Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish (5459 ta), Kadastr pasportini shakllantirish (4207 ta), Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish (3505 ta), Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish (3038 ta),  Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish (1876 ta),  Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish (1323 ta), “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha iste’mol krediti foizlarini qoplab berish (1260 ta),  Mavzuli so‘rovlarni ijro etish (1120 ta), Nafaqa tayinlash uchun ariza berish (1075 ta) bo‘lib hisoblanadi.

Tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 159 yuridik shaxslar, 662 yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 140 yuridik shaxslar, 54 yakka tartibdagi tadbirkorlar qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shuningdek davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan olis hududlarga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini keng qo‘llagan holda joriy yil yanvar-aprel oylarida tumandagi ovul va mahallalarida sayyor tartibda fuqarolarga 2845 ta davlat xizmati ko‘rsatildi va sayyor xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalari, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid yangiliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazining “Xitoy filiali”da hudud aholisiga muntazam davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda hamda joriy yil boshidan 2313 ga yaqin davlat xizmatlari DXM “Xitoy filiali” orqali ko‘rsatilgan.

Mansur Sadikov, Amudaryo tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i