Qaror va ijro

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Amudaryo tumanida bir qancha qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, 21ta ichki yo’llarni ta’mirlash, 2ta mahallada suv inshootlarini rekonstruksiya qilish, 2ta hududda mahalla ma’muriy binosi, 1ta mahallada bolalar sport maydonchasi, 1ta mahallada elektr tarmoqlarini tortish;

Umumiy qiymati 12 mlrd. 303 mln. soʻmlik 60,4 km. uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash, shundan 56,4 km. uzunlikda tosh-shagʻal yotqizish ishlari;

“Namuna” mahallasida qiymati 5 mlrd. 597,2 mln. soʻmlik 1ta tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 7,1 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish ishlari;

“Qum yop” mahallasida qiymati 6 mlrd. 641,6 mln. soʻmlik 1ta tozalangan suv tarqatish inshootini yangidan qurish va 10,1 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini yangidan tortish ishlari;

“Xizr eli” mahallasi hamda “Yuqori qishloq” mahallalarining maʼmuriy binolari mavjud boʻlmaganligi sababli ushbu mahallalarga jami qiymati 1 mlrd. 646,9 mln. soʻmlik yangidan mahalla kompleksi binolarini qurish ishlarini rejalashtirilgan.

“Doʻstlik” mahallasi hududida qiymati 334,3 mln. soʻmlik universal bolalar sport maydonchasini yangidan qurish ishlari;

“Qipchoq” shaharchasi hududida elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida ushbu hududdagi 63ta xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun qiymati 100 mln. soʻmlik 2 km. uzunlikda SIP-35 markali kabellarni yangidan tortish va 57ta tayanch ustunlarini yangidan oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati