“MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI ASOSIDA AHOLI XONADONLARINING SANITARIYA-GIGIYENIK ORASTALIGI TAʼMINLANMOQDA

Туман янгиликлари

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarni hal etishning yangicha “Mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi xonadonlarining sanitariya-gigiyenik orastaligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etish, fuqarolarning sanitariya madaniyatini oshirish, yuqumli parazitar kasalliklarning oldini olish, inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va bartaraf etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish borasida sanitariya-gigiyena talablari bilan bog‘liq targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Mahallabay” ishlash tizimida tuman SEO va JS bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi xonadonlari va muassasa-tashkilotlarda, umumjamoa joylaridagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi va ovqatlanish o‘rinlarida hamda MTTlar, o‘quv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasining 2015 yildagi “Aholining sanitariya epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, 1996 yildagi “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Mavsumiy kasalliklardan gripp va o‘tkir respirator kasalliklari, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, botulizm, o‘tkir va surunkali virusli gepatit kasalliklari, bolalar orasida ko‘p uchraydigan gijja kasalliklari, o‘ta xavfli bo‘lgan yuqumli, ya’ni quturish, gemorragik isitma, kuydirgi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan immunoprofilaktika samaradorligi to‘g‘risida hamda ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar, xonadonlarda sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda hovli qurilmalarini joylashtirish, oshxona jihozlarini toza saqlash va har kungi hosil bo‘lgan chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarning yechimini hal etish to‘g‘risida ham tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar hududlarda sanitariya-gigiyenik holatni yaxshilash, aholining sanitariya madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

T.Babaniyazov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi sanitariya-shifokori.