KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM QANDAY TARTIBDA TAYINLANADI?

Туман янгиликлари

Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustivorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga, qonun ustuvorligining izdan chiqishga, shuningdek bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘sqinlik qilib hayot sifatini yomonlashtirib odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan salbiy holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Achinarlisi esa, har qanday shaxsda hoh u odiy fuqaro yoki mansabdor shaxs bo‘lsin, ularga davlatga hamda qonun ustuvorligiga nisbatan ishonchining yo‘qolishiga hamda javobgarlik muqarrarligi prinsipining tanozzulga uchrashiga olib keladi. Natijada mansabdor shaxslar pora olish va mansabdor vakillaridan qasddan foydalanishni oddiy hol sifatida qabul qilish, oddiy fuqarolarda esa «pora bermasdan masalani hal etish mumkin emas» degan psixologiya va instinktning shakllanishiga olib keladi.

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishishning dastlabki kunlaridanoq, ya’ni 2017 yili 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.

Ushbu qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga quyidagicha ta’rif berildi, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish bo‘lib hisoblanadi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash,

ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar vash art-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ekanligi belgilandi.

Shuningdek Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020 yil 29 iyun kungi PF-6013-sonli Farmoni qabul qilinishi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida katta burilish yasadi. Chunki, bu Farmonda O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilishi belgilandi. Unga ko‘ra agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun ma’sul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanib, o‘z faoliyatini qonuniylik, holislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir bo‘lib hisoblanadi.

Farmonga ko‘ra, agentlikning vazifalari va yo‘nalishlari sifatida, mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini,
shuningdek korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni va ilg‘or xorijiy amaliyotni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishni tashkil etish, shuningdek ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga o‘z vaqtida ta’sir choralari ko‘rilishini ta’minlash, davlat xizmatiga halollik standarti («halollik vaksinasi») va manfaatlar to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda ko‘maklashish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish kabi bir qancha muhim yo‘nalishlar belgilandi.

Hulosa o‘rnida aytish zarurki, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish organlari, balki har birimizning vazifamiz bo‘lib hisoblanadi. Shundagina biz davlatimizni korrupsiyadan holi xududga aylantirishiga, qonuniy, demokratik davlatga aylanishiga va aholining farovon turmush sharoitlarida yashashiga erishamiz.

A.Joldasova, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudya yordamchisi