Tumandagi 38-sonli ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan maktabning 4-"A" sinfida ona tili fanidan "So‘z turkumlari" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotni maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mohimjon Qurbonboyeva interfaol usulda, slayd va ko‘rgazmalardan foydalangan holda o‘tkazdi. Dars davomida o‘quvchilarga yangi mavzu tushuntirildi va savol-javob o‘tkazildi.
O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlashda noan’anaviy pedagogik usullarni qo‘lladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini sinash maqsadida turli savollarni berib, o‘yin mashg‘ulotlari asosida javob topishga harakat qilishdi. Dars davomida shu yo‘l bilan so‘z turkumlari mavzusini mustahkamlash mashqlari bajarildi.
“So‘z turkumlari” mavzusidagi ochiq dars qiziqarli va yangi metodlarga boy tarzda olib borildi. Dars oxirida kuzatuvchi sifatida qatnashgan ushbu maktabning ko‘p yillik malakaga ega o‘qituvchilari fan o‘qituvchisining o‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qila olish mahoratini, o‘quv jarayonida pedagogik usullardan foydalanishini muhokamasi qilishdi, kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Qiziqarli o‘tgan ochiq o‘quv mashg‘uloti davomida o‘quvchilar yangi mavzuni samarali o‘zlashtirishga erishdilar.
R.Safarova, 38-sonli ayrim fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan maktab MMIBDO‘ v.v.b.