9 OY MOBAYNIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA TUMANIMIZ FUQAROLARIGA 54 MING 175 TA XIZMAT KOʻRSATILDI

Туман янгиликлари

Yurtimizda davlat xizmatlari markazi tomonidan dastlabki yillarda 30 turga yaqin xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib xizmatlar soni 300 turga yetkazildi. Markaz tomonidan yildan-yilga takomillashgan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlardan, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berilayotganidan aholi juda mamnun. Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni yana 1 taga ko‘paytirilib, aholiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi xorijga chiqish biometrik pasportini berish ham yo‘lga qo‘yildi.

Amudaryo tumani Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi orqali hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham aholiga bir joyda, tezkor, qulay, shaffof va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 9 oyi davomida jami 54 ming 175 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Ushbu davr mobaynida yuridik shaxslar 1 ming 800 tadan ortiq davlat xizmatlari, jismoniy shaxslar 52 mingdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalangan.

O‘tgan davr mobaynida Davlat xizmatlari markazida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron raqamli imzo kalitlarini berish bo‘yicha 12 ming 357ta, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun 6 ming 897ta, ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish bo‘yicha esa 2 ming 729ta xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, narkologiya kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar 2 ming 735ta, kadastr pasportini shakllantirishga doir xizmatlar 4 ming 207ta, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 3 ming 505ta, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga doir ko‘rsatilgan xizmatlar 3 ming 38tani tashkil qildi. Sudlanmaganlik yoki sudlanganlik to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish xizmati 1 ming 876ta, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar 1 ming 323 ta bo‘ldi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xarid qilish bo‘yicha iste’mol krediti foizlarini qoplab berishga doir 1 ming 260ta, mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha 1 ming 120ta, nafaqa tayinlash uchun ariza berish 1 ming 75ta, avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish bo‘yicha 460ta, mobil ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazishga doir 1 ming 844ta xizmatlar ko‘rsatildi.

Undan tashqari, 159 nafar yuridik shaxslar, 662 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shuningdek, 140 nafar yuridik shaxslar, 54 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ko‘rsatilgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tumandagi ovul va mahallalari fuqarolari sayyor tartibda 2 ming 845ta davlat xizmatlaridan foydalanishdi. Ushbu jarayonlarda fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalar, sohaga oid yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Davlat xizmatlari markazining Xitoy ovulidagi filialida ham hudud aholisiga muntazam ravishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 2 ming 313taga yaqin xizmat ko‘rsatilgan.

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, shaffoflikni ta’minlash Davlat xizmatlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda elektron hamkorlik qulaylik yaratmoqda. Yaqin kunlargacha fuqarolar hujjatbozlik ishlarida qiynalar, bitta hujjatni to‘g‘rilash uchun, idorama-idora ovora bo‘lardi. Bir so‘z bilan aytganda, Davlat xizmatlari markazi aholining koriga yaraydigan, og‘irini yengil qiladigan muassasaga aylandi.

S. Haytboyev, tuman Adliya bo‘limi DXM bo‘lim boshlig‘i.