36-sonli maktabning 2-“A” sinfida “Hilpira, bayrog‘im” mavzusida sinf soati o‘tkazildi. Ushbu tadbirda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Vahobjon Davletov ham qatnashdi.
Ko‘rgazmali vositalar va slaydlardan foydalanib o‘tilgan ushbu mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga mamlakatimiz tashkil etilganidan beri tasdiqlangan bayroqlarimiz haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, turli bayram tantanalarida, xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog‘imiz Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi, davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli ekanligini faxru-iftixor bilan e’tirof etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar buyuk bobokalon, sohibqiron Amir Temur g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘targani, bu bayroq ostida buyuk el birlashgani, u barpo etgan ulug‘ saltanatni dunyo tan olgani, bu davr Vatan tarixiga zarhal harflar bilan bitilgani to‘g‘risida g‘urur bilan so‘zlab berishdi. Shuningdek, Vatan, tinchlik va boshqa mavzulardagi she’rlarini aytib berdilar.
Nasiba Bobojonova, 36-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.