MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARDA SOG‘LOM VA XAVFSIZ OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH MAVZUSIDA SЕMINAR-TRЕNING O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari Komitetining 2023 yil 5 iyundagi tegishli qarorida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish” bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli qarori va 2021 yil 30 iyundagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida MTTlarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.
Seminarda tuman SEO va JSBning sanitariya-gigiyena bo‘limi mudirasi N.Yeshimova kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi va tarbiyalanuvchilarga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida belgilanishi talab etilishini, tarbiyalanuvchilar uchun taomlar sanitariya-gigiyena me’yorlari va normativlari hamda ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlash, saqlash tartibi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Seminar davomida savol-javoblar o‘tkazilib, qatnashuvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.


S.Patullayeva, MMTB metodisti.