FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH BORASIDAGI MUAMMOLAR OʻRGANILIB, IJOBIY HAL ETILMOQDA

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan tuman IIBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davrida tizimli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga asosan biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID kartalarini olish va almashtirish uchun tuman IIBning MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolarga shu kunning o‘zida ID karta rasmiylashtirilib berilmoqda. Jumladan 2023 yil oktyabr oyi davomida 1 312 nafar  fuqaro murojaat qilgan bo‘lib, ularga ID karta to‘liq rasmiylashtirildi, yil boshidan esa 6 403 nafar fuqaro ID karta egalari bo‘lishdi.

Shuningdek, bo‘limga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish bo‘yicha fuqarolardan 2ta, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bo‘yicha esa 15ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, yil boshidan 120ta fuqarolik qabul qilish, 12ta tan olish bo‘yicha yig‘ma jild qabul qilindi va bu murojaatlarni qanoatlantirish choralari ko‘rildi.

2023 yil boshidan beri fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun 2ta murojaat va chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun yil boshidan 8ta murojjat kelib tushdi.

Tuman xududida o‘tkazilgan “Pasport-viza” tadbiri davomida 2023 yil oktyabr oyi davomida 42 nafar  fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlanib,  ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning  tegishli moddasiga ko‘ra, ma’muriy bayonnomalar to‘ldirildi va davlat foydasiga 3 960 000 so‘m  miqdorida jarima undirildi. Ushbu fuqarolarning barchasiga ID karta rasmiylashtirilib berildi. Bu borada yil boshidan MJtKning tegishli moddasiga asosan 347ta bayonnoma tuzilib, pasport qoidalarini buzgan fuqarolardan 44 587 500 so‘m jarima undirildi.

Joriy yil boshidan MDH davlatlaridan 2 586 nafar chet el fuqarolari kelgan bo‘lib, shulardan Qozog‘iston Respublikasidan 1 249 nafar, Rossiya Federatsiyasidan 150 nafar,  Tojikistondan 6 nafar, shuningdek, 5 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslar, Turkmaniston Respublikasidan 1 138 nafar, Ozarboyjon Respublikasidan 3 nafar, Belarus davlatidan 2 nafar, Turkiyadan 4 nafar, Qirg‘izstondan 11 nafar, Germaniyadan 1 nafar, Ukrainadan 1 nafar fuqarolar  vaqtincha yashash uchun ro‘yxatga olindilar.

Joriy yil boshidan 15 nafar fuqaro O‘zbekistonda bo‘lish qoidalariga rioya qilmaganligi, vaqtincha yashash muddati o‘tib ketganligi aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ulardan qonuniy asosda jarima undirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 1 yanvar kungi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i talablari asosida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar mualliflariga  javob xatlari o‘z vaqtida berib borilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tumani hududida joriy yilning oktyabr holatiga fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 325 nafar, chet el fuqarolari 228 nafarni tashkil qiladi. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan mazkur toifadagi shaxslarga tegishli hujjatlar o‘rganilib, zarur choralar ko‘rish masalasi ham alohida e’tiborga olingan.

A.Umarov, Amudaryo tumani IIB MvaFRB boshlig‘i, kapitan.