XALQ QABULXONASIDA MUAMMOLAR TEZKORLIK BILAN HAL ETILMOQDA

Туман янгиликлари

Yurtimizning barcha hududlaridagi Xalq qabulxonalari odamlar og‘irini yengil qilish, ularning muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Prezidentning Virtual qabulxonasiga joriy yil boshidan 1 noyabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 3755ta masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan Prezidentning ishonch telefoni orqali 2823ta, Prezident pochtasiga 110ta, Prezident Xalq qabulxonasiga 96ta, sayyor qabulda 55ta, qabulxonaning veb-sayti orqali 384ta, qolgan 287tasi esa tuman Xalq qabulxonasida qabul qilingan.

Yuqorida qayd etilgan 3755ta murojaatlarning 2810tasi, ya’ni 80,4 foizi qanoatlantirilgan. Shundan 1546tasi, ya’ni 44,2 foizi ijobiy hal qilingan. Shuningdek, 1240tasiga huquqiy maslahatlar berilgan, 24tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. Qolgan 516tasiga og‘zaki tushuntirish berilgan, 28tasi rad etilgan, 125tasi tugatilgan, 6tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 10tasi ma’lumot uchun qabul qilingan va 260tasi ko‘rib chiqish jarayonida. Ushbu murojaatlarning 2093tasi Amudaryo tumanidagi davlat organlari, idora va tashkilotlar tomonidan, 1662tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda Respublikaning boshqa tuman va shaharlaridagi davlat organlari, vazirlik va boshqarmalari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 158tasi 18 yoshgacha bolalar nafaqasi, 70tasi davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam, 155tasi muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, 84tasi uy-joy bilan ta’minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash, 156tasi uy-joyini ta’mirlash va yangidan qurish uchun yordam so‘rash mazmunidagi murojaatlardir. Shuningdek, tumandagi sektor rahbarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlarda jami 162 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilgan. Ushbu qabullarda jami 1 028ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, ularning 809tasi ko‘rib chiqilgan. Shundan 755tasi, ya’ni 94,1 foizi qanoatlantirilgan, 502tasi, ya’ni 62,1 foizi ijobiy hal qilingan, 251tasiga esa huquqiy maslahat va ma’lumotlar berilgan, 2tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. Shuningdek, 54tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 219tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi xodimlari aholi bilan bevosita muloqot qilish, hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etish orqali ularning og‘irini yengil qilishga harakat qilishmoqda. Bu esa yurtdoshlarimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

E.Rajabov, Prezidentning Amudaryo tumanidagi

Xalq qabulxonasi mudiri.