O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi

Туман янгиликлари

Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun yetarli iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, raqobatni himoya qilish, shu bilan birga, inflyatsiya, ishsizlik, monopoliya kabi bozorning salbiy oqibatlarini bartaraf etish davlatning muhim vazifalarini tashkil etadi.
Konstitutsiya milliy iqtisodiy tizimning fundamental asoslarini belgilovchi eng muhim siyosiy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu bois yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 65-moddasida iqtisodiy siyosat mazmunini aniqlashtirish va boyitishga qaratilgan quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilgan: birinchidan, «Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», norma O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy davlat sifatida belgilinishi bilan uzviy bog‘liqlikni tashkil etadi.
«Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik» degan asosiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan ushbu vazifaning Konstitutsiyada belgilanishi doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali aholi uchun har tomonlama farovon turmush sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, aholi farovonligini oshirish yo‘lida qilingan har qanday harajat bilvosita iqtisodiyot rivojlanishini ham ta’minlaydi; ikkinchidan, milliy iqtisodiyotimizda haqiqiy bozor munosabatlarini joriy etish, shu asosda mamlakatimizni taraqqiy ettirish uchun tadbirkorlarga bundan buyon xәm barcha sharoitlarni yaratish davlat iqtisodiy siysatining ustuvor yo‘nalishiga aylanashi lozim.
Shu ma’noda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 65-moddasiga «davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoit yaratadi», degan qoidaning kiritilishi bilan iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha davlatning bosh vazifalari belgilangan.
Haqiqiy bozor munosabatlari – iqtisodiy erkinlikni, davlat aralashuvini cheklashni, mulk daxlsizligini va barcha sohalarda teng va halol raqobatni talab etadi.
Mazkur normaning kiritilishi tadbirkorlar emin-erkin, daromadiga birov «sherik» bo‘lishidan qo‘rqmasdan faoliyat yuritishini, davlat va tadbirkor o‘rtasidagi muloqot qonun talabi va bozor prinsiplari asosida amalga oshirilishini hamda hammaga teng bo‘lgan biznes muhiti yaratilishini ta’minlaydi.


B.Dosimbetov, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi raisi