Til - har bir millatning bebaho boyligi.
Qoraqalpoq tili - qoraqalpoq xalqining ona tili. Bu yil qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'ldi. Ushbu sana munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida keng tusda nishonlanmoqda. Shu jumladan, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham "Qádiriń bálent bolsın ana tilim" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni maktabning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Ravshan Xolmuratov tadbirni ochib berdi hamda o'quvchilarni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda maktabning 6-7-8 sinf o'quvchilari faol qatnashdi. Bayram davomida qoraqalpoq milliy shoirlarining tilni madh etuvchi sheʼrlari, qoraqalpoq milliy kuy va raqslari kelgan mehmonlarga bayramona kayfiyat bag'ishladi. Ayniqsa, 7-sinf o'quvchilarining "Sóz qúdireti" deb nomlangan sahna ko'rinishi tilning jamiyatdagi o'rnini yaqqol ochib berdi va mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Bu tadbir orqali shu maktabning qoraqalpoq tili fani o'qituvchilari Marat Sagidullayev, Madina Sultanova, Shaxnoz Baxtibayeva qoraqalpoq tilining ikkinchi ona tili sifatida jamiyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Shuningdek, 1-dekabr - Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 7-8 sinf o'quvchilari tomonidan rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Muyassar Rahmatullayeva,
Ixtisoslashtirilgan maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari