“BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ” AKSIYASI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Туман янгиликлари

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiya bilan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni deb e’lon qilingan edi. Shundan beri mazkur sana dunyo mamlakatlarida keng nishonlanib keladi. Chunki hozirgi davrda ham dunyoning barcha hududlarida ayollarga nisbatan turli shakllarda zo‘ravonlik holatlari uchrab turibdi.

Mamlakatimizda mazkur sana munosabati bilan har yili 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida aksiya o‘tkazib kelinmoqda. Aksiya doirasida xotin-qizlarning, bolalarning zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish borasida turli tadbirlar o‘tkaziladi, zo‘ravonlikning huquqiy  oqibatlari keng tushuntiriladi.

Shu yilning 29 noyabrida tumanimizdagi 32-sonli maktab amaliyotchi-psixologi Mahliyo Karimova 10-sinf rahbari Halima Matyoqubova bilan hamkorlikda shu sinf o‘quvchilarining ota-onalari uchun  aksiyada doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazdi.

Tadbirda ota-onalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Oygul RAJABOVA.