YANGILANGAN KONSTITUTSIYA VA “OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Туман янгиликлари

Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Prezidentimizning joriy yil 11 sentyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan tub islohotlar hamda Yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

2023 yil 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda Navoiy nomli MFY raisi B.Kadirov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi mas’ullari, mahalla faollari, fuqarolari qatnashishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq referendumi milliy taraqqiyotimizning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergani qayd etildi. Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplari ustuvor ahamiyat kasb etgani xususida so‘z yuritildi. Shu huquqiy asosda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga uyg‘un ekanligi ham e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston — 2030» strategiyasida jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko‘rsatkich bajarilishi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ushbu dasturilamal hujjatning ijrosidan yurtimizdagi har bir insonga – qulay imkoniyat va yengilliklar, moddiy va ma’naviy manfaat yetib, har qaysi oila va xonadonga obodlik, to‘kinlik, fayz va baraka kirishi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida strategiyada ko‘rsatilgan maqsad va yo‘nalishlar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Q.Atamurodov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi raisi.