JINOYATCHILIK, HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH – DOLZARB VAZIFA

Туман янгиликлари

Yoshlar kelajagiga e’tibor va g‘amxo‘rlik bugungiday dolzarb ahamiyat kasb etgan emas. Chunki shiddat bilan kechayotgan globallashuv jarayonida ularni yot g‘oyalardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, maftura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish va ma’naviy yetuk qilib voyaga yetkazish juda muhim.

Buningdek dolzarb vazifa ijrosiga hissa qo‘shish maqsadida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati Oliy Majlis huzuridagi noadvlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ta’sis etgan “Yoshlarning ma’naviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” nomli grant tanlovida “Yuksak ma’naviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, g‘olib bo‘ldi va amalga oshirib kelmoqda.

Yaqinda tahririyat xodimlari ushbu loyiha ish rejasiga muvofiq yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil yoshlar bilan ishlashish, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar, qilinishi belgilanayotgan rejalar bilan tanishish maqsadida tumanimizning Bo‘zyop ovulida bo‘ldilar.

Tuman markazidan 35 kilometr olisda joylashgan ushbu ovulda 1131 xonadonda 5991 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 30 yoshgacha bo‘lganlar 3279 nafarni tashkil etadi. Shu raqamning o‘ziyoq ovul fuqarolar yig‘ini raisi Rustam To‘rayev, xotin-qizlar faoli Gulzoda Ko‘bayeva, yoshlar yetakchisi Valibek Aminov, hokim yordamchisi Shavkat Duysenboyev va profilaktika inspektori Adham Yo‘ldoshevlarning zimmasida yoshlar kamoli yo‘lida nechog‘lik mas’uliyali vazifalar turganligini ko‘rsatadi.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, hudud yoshlarining huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etishining oldini olish, muqaddam jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tab qaytgan fuqarolarning qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, probatsiya hisobida turuvchi 6 nafar fuqarolarning belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishini nazorat qilish borasida ovul fuqarolar yig‘ini mas’ullari va profilaktika inspektori, hudud inspektor-psixologining hamkorlikdagi rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga ko‘ra, yoshlar, voyaga yetmaganlar orasida yurtimizning amaldagi qonun-qoidalariga bo‘ysunish, qonunlarni hurmat qilish yuzasidan manzilli targ‘ibot tadbirlari olib borilayapti, tungi vaqtlarda yoshlarning bemaqsad yurishlari qattiq nazorat qilinayapti. Aholi tinch-osoyishtaligini saqlash, bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayapti.

Bu haqda ovul fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham batafsil so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan loyiha ijrochilaridan biri Oygul Rajabova, ovul fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Gulzoda Ko‘bayeva, profilaktika inspektori Adham Yo‘ldoshev, yoshlar yetakchisi Valibek Aminov, ko‘chaboshchi ayollar Jumabika Matyoqubova, Safargul Haytimbetova, Gulchehra Mirzag‘aliyevalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Tadbirda yoshlarga e’tiborni kuchaytirgan holda ularning ma’naviyatini yuksaltirish, oilada ularning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda bo‘sh vaqtlarida qiziqarli mashg‘ulotlarga jalb qilish lozimligini ta’kilandi.

Sevara Ismoilova.