Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Konstitutsiyaning 42-moddasidan.
Har bir inson hayoti davomida munosib mehnat qilish, kasb tanlash, erkin faoliyat olib borishni va albatta, xavfsiz, qulay mehnat sharoitlarida ishlashni xohlaydi. Bu borada mamlakatimizda kasb va faoliyat turini erkin tanlash, ishsizlikdan himoyalanish kabi mehnatga oid qator huquqlar Bosh Qomusimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
Xususan, Konstitutsiyamizning 42-moddasida “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, Bosh Qomusimizning 44-moddasida sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanishi qayd etilgan.
Xususan, mamlakatimizda majburiy mehnatga qarshi kurashish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda, aytish kerakki, majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Majburiy mehnatga, bolalar mehnatiga barham berish, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashda sohaga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlash hamda qonunchilik bazasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish alohida o‘rin tutadi.
Darhaqiqat, mehnat huquqlari insonning hayoti davomidagi eng muhim huquqlaridan biridir. Davlatimizning Bosh Qomusida insonni qadrlash, uning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash borasida o‘rin olgan normalar fuqarolarga qulaylik yaratishga, haq-huquqlari kamsitilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Zebo XOlboyeva,
18-sonli maktab o‘qituvchisi.