"Mehr harakati" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Туман янгиликлари

Mamlakatimizda ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama ko‘maklashish borasida xayrli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, bugungi qish-qirovli kunlarda qiyin sharoitda yashayotgan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan “Mehr harakati” boshlandi.

Bugungi sinovli kunlarda bir-biriga mehr ko’rsatish, xalqimizning og’izbirchiligini yanada mustahkamlab, yurtimizda inson qadri qimmati katta ekanligining misoli sifatida turmushda o’z tasdig’ini topmoqda.

Mazkur harakat doirasida barcha shahar va tumanlardagi nochor sharoitda yashayotgan oilalarni borib ko‘rish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik, boshqarma, korxona, tashkilot rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilmoqda. Jumladan, o‘zganing yordamiga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qiyin kunida ularga ko‘makchi bo‘lish maqsadida boshlangan “Mehr harakati” Amudaryo tumanining barcha joylarida davom etmoqda. 

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi FVV boshqarma boshligʻi polkovnik N.Medensev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi FVB podpolkovnik D.Allamjarov va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlim boshligʻi kapitan Z.Axmedovlar tuman hokimligi bilan hamkorlikda Navoiy mahallasi Najimiddin ko’chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi Manzura Annasaparovaning holidan xabar olib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.   

Yordamga muhtoj insonlarning holidan xabar olish orqali mehr va e’tibor ulashildi. Shuni aytib o’tish kerakki, “Mehr harakati” xayr-sahovat ishlari doirasida oilalarga mamlakatimiz e’tibori va g’amxo’rligi kirib bormoqda.

 

Salamat Berdekeyev, tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi boshlig'i o'rinbosari