Is gazidan zaharlanishning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani hududida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish bo'yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Navbatdagi shu kabi tadbirda tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi mutasaddilari hamda fuqarolar yig'inlari mas'ullari ishtirok etdilar.

Mutasaddilar tumanimiz ovul va mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida ayni qishning sovuq kunlarida tabiiy gazda va elektr energiyasida ishlovchi isitish vositalaridan qay tarzda foydalanilayotganini ko‘zdan kechirdilar.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi binosi oldida o‘tkazilgan saf ko‘rigi davomida soha mas’ullariga profilaktik ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad, ko‘riklarni amalga oshirish tartibi va zarur hollarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar haqida ma’lumotlar berildi.

Tumanimiz hududida kuz-qish mavsumini betafolat o‘tkazish hamda aholining is gazidan zaharlanishi kabi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlarning ahamiyati juda katta.

Tegishli mas’ullarga aholi xonadonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, xonadonlarni isitish maqsadida turli xil nostandart vositalardan foydalanmaslik, isitish va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.



Tuman hokimligi Axborot xizmati