1-yanvar holatiga tuman aholisi 212 ming kishidan oshdi. Tabiiy oʻsish surʼati shu zaylda davom etsa, 2030-yilga borib tumanda 240 mingdan ortiq aholi yashaydi
2024-yil 1-yanvar holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 212 ming 96 kishini tashkil qildi. Aholining 107 ming 562 nafar erkaklar, 104 ming 534 nafari ayollardir.
Aholining 25,7 foiz qismi, yaʼni salkam 54,6 ming nafari shaharda, 74,3 foizi, yaʼni 157,5 ming nafardan ortigʻi qishloq joylarida yashaydi.
2023-yil davomida tugʻilganlar soni 5 ming 103 nafarni, vafot etganlar soni esa 1056 nafarni tashkil qildi.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida tuman boʻyicha 1671 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ajrashganlar soni – 141 ta.
2023-yilning yanvar-dekabr oylarida tuman hududiga koʻchib kelganlar soni 306 nafarni, tumandan koʻchib ketganlar soni esa 829 nafarni tashkil qildi.
Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan tuman aholisi soni 3524 nafarga koʻpaygani qayd qilindi.