Amudaryo tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida

Туман янгиликлари

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYO TUMAN KENGASHINING QARORI

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlariga 2024-yil uchun yer solig‘i stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga va O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 24-moddasiga asoslanib xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Prezidiumining qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin va tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'ining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashi belgilangan yer solig‘i stavkalariga, tuman hududida joylashgan ovul va mahallalar kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni kiritish huquqiga ega ekanligi;

Bunda, belgilangan yer solig‘i stavkasiga soliq yukini keskin oshirishning oldini olish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iga belgilangan (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) stavkasiga 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 hissasidan oshmagan holda koeffitsentlarni qo‘llash mumkin ekanligi belgilab qo‘yilsin.

3. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq miqdorda 1 gektar uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlar 1-ilovaga muvofiq, jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashqari) mutlaq miqdorda 1 kv. metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Aytbayev), tuman davlat Soliq inspeksiyasi (J.Raximov) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarning egallagan yer maydonlariga soliq stavkalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatsin.

5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (J.Raximov)ga xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lovchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish va undirilishini taʼminlash topshirilsin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.

7. Ushbu qaror tuman “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasida e’lon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kengash raisi o‘rinbosari     G‘.Eshniyozov

№ VI-69-12-13-181-K/24. 2024-yil 24-yanvar