MAQSADIMIZ — XALQIMIZNING HAYoTDAN VA DAVLATIMIZDAN ROZI YaShAShINI TA'MINLASh

Туман янгиликлари

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga o‘tgan 2023 yil boshidan 31 dekabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 4 749ta masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishonch telefoni orqali 3 669ta, Prezident pochtasi orqali 126ta, Prezident Xalq qabulxonasiga 100ta, sayyor qabul jarayonida 55ta, veb-sayt hamda Xalq qabulxonasi veb-saytiga 457ta,  Xalq qabulxonasi pochtasi orqali 49ta murojaatlar kelib tushgan. Qolgan 293tasi esa Amudaryo tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan.

Yuqorida qayd etilgan murojaatlarning 4 678tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning 80 foizi qanoatlantirilgan,

2 165tasi ijobiy hal qilingan, 1 557ta murojaat huquqiy ma'lumot berish orqali hal qilingan, 30tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. Qolgan 723tasiga tushuntirish berilib, 50tasi rad etilgan, 140tasi tugatilgan, 11tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 4tasi ma'lumot uchun qabul qilingan va 71tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023 yil davomida tuman aholisi tomonidan bildirilgan 4 749ta murojaatlarning 2 696tasi Amudaryo tumanidagi davlat organlari, idora va tashkilotlar tomonidan, 2 053tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda Respublikaning boshqa tuman va shaharlaridagi davlat organlari, vazirlik va boshqarmalari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

O‘tgan 2023 yil boshidan yil yakuniga qadar tuman aholisi tomonidan uy-joyni ta'mirlash va qurish uchun yordam so‘rab 244ta, aliment undirish, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam to‘g‘risida 183ta, 18 yoshgacha bolalar nafaqasi olish masalasida 182ta, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam so‘rab 105ta va uy-joy bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha 97ta murojaatlar kelib tushgan.

2023 yil boshidan 31 dekabrь sanasiga qadar tumandagi sektor rahbarlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda jami 285 marta ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 1 460ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 1 447tasi ko‘rib chiqilgan. Mazkur murojaatlarning 1 372tasi qanoatlantirilgan, shundan, 1 024tasi ijobiy, 346tasi huquqiy ma'lumot berish orqali hal qilingan, 2tasi uzoq muddatga nazoratga olingan. Qolgan 75tasiga tushuntirish berilgan va 13tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Har bir murojaat ortida inson va uning taqdiri  bor. Murojaat qaysi yo‘nalish yoki qanday mazmunda bo‘lishidan qat'iy nazar, e'tiborsiz qoldirishga haqqimiz yo‘q. Maqsadimiz esa bitta — xalqimizning davlat idoralaridan, hayotdan rozi yashashini ta'minlashga ko‘maklashish. Zero, xalq baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli, davlatimiz esa yuksak taraqqiyot sari dadil odimlayveradi.

E.Rajabov,

Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.