Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash, ularning ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlari xususida bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligining majlislar zalida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i Oybek Ahmedov hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromad manbayini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, bu borada kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga to‘xtaldi.
Tadbirda ishtirok etayotgan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilari mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berdilar.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.