Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari tashabbusi bilan ovul va mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari faoliyati bilan tanishish maqsadida media-tur tashkil etildi.
Media-tur mobaynida ommaviy axborot vositalari xodimlari Qilichboy ovuli, Tosh qal’a mahallasi, Bo’z solma mahallalari xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Media-tur mobaynida matbuot xodimlari xotin-qizlar faollari tomonidan ovul va mahallalardagi xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ular orasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan ayol-qizlarga har tomonlama ko’mak berish kabi ustuvor vazifalar yuzasidan tizimli ishlar yo’lga qo’yilganining guvohi bo’ldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.