Amudaryo tumani Madaniyat bo’limi tomonidan markazning katta faollar zalida “Aytishuv” tadbiri tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek milliy maqom san’atini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, tariximizni unutilayotgan kuy-qo’shiqlarimizni san’atsevar xalqimizga tuhfa etish, hofiz-xonandalarimizdagi bor imkoniyatlarni kashf etib, yoshlarimizda milliy san’atimizga muhabbat uyg’otish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda yosh iste’dodli xonandalar Ilyosbek O’rinboyev hamda Og’abek Sa’dullayevlar ijrosidagi dilrabo taronalar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Nasiba Eshchanova, tuman Madaniyat markazi kasaba uyushmasi raisi.