15 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi, Amudaryo tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi mas’ullari hamkorlikda aliment oluvchi oilalar holidan xabar oldilar. Ishchi guruh ehtiyojmand oilalarning yashash sharoitlari, ularning muammo va qiyinchiliklarini yaqindan o‘rgandilar.
Ishchi guruh tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi xodimi Alisher Rahimov, tuman prokurori Aziz Ro‘zmetov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nodir Kamolov, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i Quvanish Esenbekov hamda qator mutaxassislar aliment oluvchi oilalar a’zolari bilan yaqindan suhbat qurdilar. O‘zaro suhbatlar chog‘ida oilalarning kundalik ehtiyojlari o‘rganildi hamda ularga yordamlar ko‘rsatildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, tumanimizda oilalarning mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish borasida mas’ullar tomonidan samarali ishlar qilinmoqda. Shuningdek, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan alimentlarni o‘z vaqtida undirish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituvida aliment undirish bilan bog‘liq jami 978 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, shundan 327 ta qarzdor ishsizlik xisobidan O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan aliment pullarini to‘lab kelmoqda.
Shuningdek, 651 ta qarzdorning aliment pullari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64-moddasiga muvofiq ish haqlaridan undirilmoqda.
Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikaasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan alimentdan qarzdorligi bo‘lganlarni ishga joylashtirish bo‘yicha 2024 yilning yanvar-iyun oylari uchun reja-grafik tasdiklangan bo‘lib, mazkur reja grafik asosida, Amudaryo tuman prokuraturasi, tuman xokimligi, bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda xar oyda aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlash joriy yilning yanvar, fevral oylarida ikki marotaba mehnat yaramarkasi o‘tkazilgan. Mazkur mehnat yarmarkalarida jami 36 nafar ishsizlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan, shundan, 4 nafari aliment to‘lovchi fuqarolar hisoblanadi.
Qolaversa, 10 mln. so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi bo‘lgan 147 ta qarzdorlarning ham sharoitlari o‘rganilgan. Fevral oyi holatiga 139,7 mln so‘m qarzorligi bo‘lgan 16 ta xonadonlar o‘rganilib, shundan, 3 tasiga 11,1 mln so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan.
Ishchi guruh vakillari aliment oluvchi oilalarning yashash sharoitlarini o‘rganish mobaynida ularning ko‘plab kundalik ehtiyojlari mavjudligini aniqladilar. Ishchi guruh a’zolari tomonidan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, farzandlariga kiyim-kechak va o‘quv qurollari berildi hamda 2 ta oila yarashtirildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.