“BARHAYOT SIYMOLAR” NOMLI ADABIY-BADIIY KЕCHA O‘TKAZILDI

Туман янгиликлари

15 fevral kuni 44-sonli maktabda hazrat Alisher Navoiy hamda buyuk shoh va shoir bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab “Barhayot siymolar” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Salomat Karimova boshchiligida 5-A va 5-B sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan ushbu bayram tadbirini maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rufat Do‘simbetov ochib berdi. Tadbirni o‘quvchilar bobokalonlar qalamiga mansub g‘azallar bilan davom ettirishdi. Kecha davomidagi kuy va qo‘shiqlar, dilbar raqslar tomoshabinlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayram tadbirida shu maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Manzura Sultonova, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Nigora Tajiboyeva va maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Ne’matjon Qurbonboyevlar so‘zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni bayon etishdi. Bunday adabiy kechalar o‘tkazilishi o‘quvchilar hayotida unutilmas xotira sifatida muhrlanishi, buyuk siymolarga ehtirom – millatga ehtirom, bugungi kun yosh-avlodlar qalbida jamiyat hayotida daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda muhim dasturulamal vazifasini o‘tashini ta’kidladilar.

Bobokalonlar tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Barhayot siymolar” nomli adabiy-badiiy kecha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Salomat Karimova, 44-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.