Amudaryo tumani hokimligi tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tumanimizdagi Sher to'yxonasida o'tkazilgan tadbirda jamiyat rivojining turli jabhalarida faoliyat olib borayotgan, tashabbuskor hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Bayram tadbiri turli noz-ne'matlarga boy ajoyib dasturxon atrofida san'atkorlarning sho'x-shodon kuy-qo'shiqlari sadolari ostida, yuqori bayramona kayfiyatda o'tdi.
Tadbirda tuman hokimining o’rinbosari Fahriddin Yusupov tumanimizning faol ayol-qizlarini bayram bilan samimiy tabrikladi hamda gullar, esdalik sovg’alarini topshirdi.
Tuman Madaniyat bo’limi san’atkorlari ijrosidagi sho’x-shodon kuy-qo’shiqlarga xotin-qizlar raqsga tushib, bayramni a’lo kayfiyatda o’tkazdilar. Bayram tadbiri ajoyib taassurotlarga boy tarzda o’tdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.