Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida joylashgan “AMUDARYOTEX” xorijiy korxonasi MCHJga tegishli yog’ mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexning bir guruh ishchi xodimlari tomonidan yo’llangan videomurojaat muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Ushbu videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o’tkazilgan tekshirish natijasida aniqlanishicha, “AMUDARYOTEX” XK MCHJ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandiga asosan Amudaryo tuman hokimligining “Yog’ mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi faoliyatini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi mavjud emas.

Shuningdek, “AMUDARYOTEX” XK MCHJga qarashli yog’-moy korxonasida paxta texnik chigitini qayta ishlashda standartga javob bermaydigan moy juvozlardan foydalanib, qora moy ishlab chiqarib hamda ishlab chiqarilgan paxta moyi mahsuloti sifatini tasdiqlovchi gigienik xulosa va muvofiqlik sertifikatlar olmasdan, fermer xo’jaliklariga tarqatilganligi aniqlangan.

Qolaversa, ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman bo’limi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokuraturasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy yog’ maslulotlari ishlab chiqarilayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasiga bilan jinoyat ishi qo’zga’tilgan.


Tuman hokimligining Axborot xizmati.