Amudaryo tumanidagi mahallalarda “Sayxunobod tajribasi” asosida seminarlar tashkil etilmoqda

Ma'lumki, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo'jametov tashabbusi bilan tumanimizdagi 49 ta ovul va mahallalarning har birida bitta ko'chada "Sayxunobod tajribasi"ni yo'lga qo'yish maqsadida seminarlar o'tkazilishi boshlangan edi. 

Joriy yilning 4-may sanasida navbatdagi seminar Qilichboy OFY da tumandagi barcha OFY va MFYlar raislari ishtirokida bo'lib o'tdi. Dastlab seminar ishtirokchilari hududdagi ko'chalarni yayov kezgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalanilayotganining guvohi bo'ldilar.

So'ngra Qilichboy OFY binosidagi shart-sharoitlar hamda "yettilik" faoliyati bilan tanishdilar. Seminar ishtirokchilarini katta yutuq va natijalarga erishib kelayotgan qilichboylik sportchi yigit-qizlar kutib oldi. Sportchilar o'zlarining erishib kelayotgan yutuqlari bilan tanishtirdilar.

Shuningdek, tumandagi ovul va mahallalar raislarining keyingi seminarlari Ayoqchi MFY da bo'lib o'tdi. Seminarda ishtirok etayotganlar Ayoqchi mahallasi ko'chalarini yayov kezish orqali muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Sayxunobod tajribasi" har bir xonadonga kirib borganligining guvohi bo'ldilar.

Ko'chalar toza va ozoda, mahalladagi har bir xonadonning tomorqasi ko'zni quvontiradigan darajada. Ayoqchilik aholining mehnatsevarligi, yerga bo'lgan mehri tufayli aholi tomorqasidan yiligi ikki, uch marotaba dehqonchilik mahsulotlaridan hosil olishadi. 

Seminar ishtirokchilari mahalla "yettiligi"ning samarali faoliyati uchun yangi qurilgan binodagi zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.