Rasmiy munosabat

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda “QIPCHOQ G’ALLA KLASTER” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan urug’lik hamda mineral o’git yaroqsiz holda ekanligi xususida videomurojaat yoritilgan.

“QIPCHOQ G’ALLA KLASTER” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan yo‘llagan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Videomurojaatda ko‘rsatilgan urug‘lik va mineral o‘g‘itlar klaster tomonidan elektron birja savdolari orqali tegishli korxonalardan shartnoma asosida rasmiylashtirilib olingan. Jumladan, bug‘doy urug‘lik tuxumi 2023-yil 25-sentabrdagi 2-sonli shartnomaga asosan,  30-sentabrdagi № 3/2, 3/3, 3/4, 3/5 - sonli hisobvaraq-fakturalarga asosan “TAXIATOSH DON MAHSULOTLARI” AJ korxonasidan olingan hamda fermer xo‘jaliklariga tarqatib berilgan.

Mineral o‘g‘it mahsulotlari №39 hamda 6856449 – sonli shartnomalarga asosan, №3004/43-sonli hisobvaraq-fakturaga asosan «MAMATKARIM-SHARIFBOY» MCHJ tomonidan sotib olingan bo‘lib, fermer xo‘jaliklariga tarqatilganligini ma’lum qilamiz.
 

Ye.Allanov, “QIPCHOQ G’ALLA KLASTER” MCHJ  rahbari