Qurilish ishlari amalga oshirilayotgan hududda tuman hokimi Sobir Xo'jametov, hokim o'rinbosarlari Bahodir Ernazarov, Alisher Yo'ldashev, "Yangi O'zbekiston" turar-joy massivini quruvchi turkiyalik investorlar, loyiha mualliflari, muhandislar Durri Burun, Erol Aqtash, Murat Oksuz, Yusuf Eshon bobo jome' masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev, tumandagi ovul va mahallalar raislari ishtirokida ezgu niyat bilan qurbonlik kesilib, qurilish ishlari boshlandi.
Ushbu loyiha tumanimizdagi eng katta bunyodkorlik ishlaridan biri bo'lishi ko'zlangan. Turkiyalik quruvchi investorlar tumanimizning shaharsozlik ko'rinishiga ko'plab yangiliklar olib kelishni niyat qilganliklari xususida so'z yuritdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.