Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Qipchoq G'alla klaster" MChJda ekilgan urug'lik g'alla maydonida turli xil navdagi g'alla unib chiqqanligidan norozilik mazmunidagi videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Agroinspeksiyaning Amudaryo tumani bo’limi tomonidan ushbu masala yuzasidan “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ hamda “Qipchoq G'alla klaster" MChJda o‘rgashish ishlari olib borildi.

Amudaryo tumani tender komissiyasining 2024-yil 25-avgustdagi 01-05/125-sonli bayonnomasida videomurojaatdagi "Shavkat Kumushoy" fermer xo'jaligi urug'lik yetishtirish maqsadida tender tanloviga qatnashib, g'olib deb topilganligi, 20 gektar ekin maydoniga g'allaning “Antonina” navidan “elita” avlodli urug'lik ekilishi ko'rsatilgan.

Shuningdek, "Shavkat Kumushoy" fermer xo'jaligi urug'lik yetishtirish maqsadida "Qipchoq G'alla klaster" MChJ dan 2,5 tonna (10 gektar maydonni ta'minlaydigan) “Antonina” navidan “elita” avlodli urug'lik don olgan.

Ma’lumot o’rnida Amudaryo tumanida 2024-yil hosilidan 1450 tonna urug'lik jamg'arilgan bo'lib, jumladan, “Antonina” navidan 138,2 tonna elita avlodiga mansub urug'lik don tayyorlangan.

Tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan yaroqli deb topilib, urug'liklar "Qipchoq G'alla klaster" MChJ tomonidan urug'lik don qabul qilish jarayonida don qabul qilish maskanida "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko'rsatish markazi" DUK Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali laboranti tomonidan tahlil olinib, qabul qilingan.

Qabul qilingan urug'liklar "Taxiatoshdonmahsulotlari" AJ ga qarashli urug'lik sexida tozalanib, saralanib, dorilanib, ekish uchun tarqatilgan. DUK tomonidan berilgan tahlil namunalari asosida 8-partiyadan 137,7 tonna “Antonina” navi “elita” avlodli urug'lik donga U2.SMT.01.00.66.98357282 yaroqlilik sertifikati berilganligini ma' lum qilamiz.

S.Matiyakubov, Agroinspeksiyaning Amudaryo tuman bo’limi boshlig‘i.