Joriy 22-may kuni tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 73-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari, bo‘limlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi raisining o‘rinbosari G‘ulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibidagi 2024 yilning 1-choragida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi bo‘yicha sektorlar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot va axborotlar atroflicha ko‘rib chiqilib, faol muhokamalardan keyin tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.