Ma’lumki, joriy yilning 5 fevral kuni davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktabdagi tarbiya va manaviyat masalasiga alohida urg‘u berilib, darslardagi davomat qoniqarsiz ekanligi tanqid qilingan edi.
Shundan keyin, o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yosh gavrdiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.
Qarorga asosan Amudaryo tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida ham “Yosh gvradiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etildi va mazkur sinfning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Qojabayeva, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i polkovnik Muxtor Yusupov hamda tumanimizning sohaga mas’ul mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. O‘quvchilar maktab oldida harbiylarga monand saflanishdi. Ularning ko‘zlarida ona Vatanga bo‘lgan otashin muhabbat, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini saqlashga daxldorlik tuyg‘ulari aks etgan.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev va Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muxtor Yusupovlar so‘zga chiqib, o‘quvchilarni va maktab jamoasini “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etilganligi bilan samimiy tabrikladi. Bunday xayrli ishlar va insonparvar islohotlar mamlakatimizdagi tinch va odilona siyosatning natijasi ekanligi ta’kidlandi. Maktab ta’limi tizimda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar sabab maktablarda davomat ko‘rsatkichlari ancha yaxshilanayotgani qayd etildi.
Tadbir davomida yangi tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi o‘quvchilari Vatanga sodiq farzandlar bo‘lishga qasamyod qilishdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar ularni qarsaklar bilan olqishladi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan yosh gvardiyachilarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bayrog‘i tantanali ravishda topshirildi.
Harbiy orkestr jamoalarining o‘quvchilar ishtirokida ijro etgan tantanavor marshi tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Maktab o‘quvchilari tamonidan tayyorlangan qo‘l jangi usullari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarda yoshlarning jismonan sog‘lom, ruhan tetik ekanliklari yana bir bora namoyon bo‘ldi. Ko‘rgazmali chiqish yakunida o‘quvchilar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlarini boshi uzra baland ko‘tarishdi.
Tadbir davomida mehmonlar maktabga tashrif buyurib, marosim uchun maxsus tayyorlangan ramziy lentani kesishdi. Mutasaddilar sinfxonalarga kirib, maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi o‘quvchilari bilan samimiy suhbatlashib, ularga kelgusi o‘qishlarida omad tiladilar. Bo‘lg‘usi gvardiyachilar nafaqat harbiy bilimlarni, balki maktabda ham barcha umumtalim fanlarini yaxshi o‘zlashtirishi lozimligini bildirib, zarur tavsilar berishdi.
Kindik qonimiz tomgan ona Vatanga bo‘lgan muhabbat qalbimizga bolalikdan singdirilar ekan, farzandlarimiz yurtga sadoqatli, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishiga ishonamiz. Yangi tashkil etilayotgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi ham ayni maqsadlarimizga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shohzod Qurbonboyev