Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan «Maxsus texnikalarni ijaraga olish» yuzasidan tanlovlar e’lon qilinib, bu bo‘yicha joylashtirilgan lotlar yuzasidan ma’lumot tarqalgan. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Eng yaxshi takliflarni tanlash” yo’li orqali joriy yilning 8-10-may kunlari “Transport vositalarini ijaraga olish” uchun jami 5 ta lot e’longa qo’yilgan bo’lib, tugash sanasi 20-21-may kunlari qilib belgilangan. Tugash sanasigacha hech qanday qatnashuvchilardan (21-may holatiga) taklif kelib tushmaganligi sababli lot qayta e’longa qo’yildi va yana taklif bildirilmadi.
Tanlov komissiyasi tomonidan 4 ta lotni yana qo’shimcha 1 kun (22-may) muddatga uzaytirish uchun qaror qabul qilindi.
22-may kuni yakunlangan lotlar bo’yicha esa jami 2 ta qatnashuvchi ishtirok etgan bo’lib, ular “ROAD TRANS INVESTMENT” MCHJ hamda “OKO AZIYA FORSAJ” MCHJlar.
Shuningdek bugungi kunda yuqoridagi lotlar bo’yicha tanlov komissiyasi muhokama jarayoni yakunlariga ko’ra ko’rsatib o’tilgan “ROAD TRANS INVESTMENT” MCHJ hamda “OKO AZIYA FORSAJ” MCHJlarning e’londagi talablarga to’g’ri kelmaganligi sababli e’lon o’tkazilmagan deb topildi va ushbu bo’yicha tegishli tashkilotlarga ma’lumot taqdim qilindi.
A.Kamolov, Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i.