Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumanida “Tashabbusli budjet” orqali ta’mirlangan yo’ldan katta hajmdagi yuk mashinalari o’tayotganligi va bundan aholi noroziligi mazmunidagi videomurojaat tarqaldi. Ushbu murojaat yuzasidan tuman IIB, YHXB o’rganish ishlarini olib borganligi natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Amudaryo tuman Qoramon MFY hududidagi mazkur abtomobil yo’lining 1,5 km qismi “Tashabbusli budjet” orqali yutib olinib, ta’mirlangan. Ushbu hududda joylashgan “O’razaliyev Ergash” MCHJ omborxonasiga Xorazm viloyatidan 2024-yil paxta hosili uchun har xil turdagi o’g’it mahsulotlari keltirilayotganligi aniqlandi.
Mazkur murojaat bo’yicha tuman IIB boshlig’i o’rinbosari JXX boshlig’i mayor Sh.Jo’ldasboyev, tuman YHXB xodimlari tomonidan Qoramon MFY da yashovchi fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbatlar mobaynida aholiga murojaatlari yuzasidan to’g’ri tushunchalar berildi.
Tuman Ichki ishlar bo'limi