Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Mang‘it shahri Gulzor mahallasida ko’p qavatli bino tagi kovlanganligi yuzasidan videomurojaat tarqalgan. Mazkur holat mas’ul tashkilotlar tomonidan o’rganish ishlari olib borilgan.
Mazkur videomurojaat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi va Amudaryo tumani hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, murojaat egasi tadbirkor S.Sadullayevga tegishli 3 qavatli maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi binosi yonida joylashgan, tadbirkor R.Jumaniyozovga tegishli eski binoni buzib o‘rniga yangidan ikki qavatli do‘kon binosini qurish uchun belgilangan tartibda loyiha smeta hujjatlarini va ekspertiza xulosasi olinganiga qaramasdan loyihadan chiqib kotlavan qazish ishlari amalga oshirilgan.
Amudaryo tumani “Gulzor” MFY hududidagi “Xususiy do'konni rekonstruksiya qilish” obyekti 14.05.2024 yil 125638184- sonli ariza bilan inspeksiyadan ro'yxatga olingan. Obyektda yer (kotlavan) ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish uchun inspektor biriktirilgan va nazorat ishlari olib borilmoqda. Nazorat davomida loyiha tashkiloti “Shukurjan” MCHJ tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli qarorining 3-ilova 3-bob 7-bandi talablari qo‘pol ravishda bo‘zilib, obyektda mualliflik nazorati to‘g‘ri tashkil qilinmagan, bundan tashqari obyektda yer ishlarini olib borishda loyihada oldindan mavjud bino ko'rsatilmagan, loyihani bog‘lash (privyazka) ishlanmagan, ishchi kotlavan qazish bo'yicha ishlarni olib borish ko'rsatilmagan, shuningdek, mualliflik nazorati olib borilmagan, buyurtmachi-quruvchi Jumaniyozov Raximboy tomonidan yer ishlarini (kotlavan qazish) olib borishda normativlarni buzganligi aniqlandi. Bu masala yuzasidan loyihachi “Shukurjan” MCHJga va buyurtmachi-quruvchi Jumaniyozov Raximboyga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi, shuningdek, loyiha tashkilotiga loyihalashtirish va qurilish sohasida faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasini va ruhsat beruvchi hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish masalasi bo'yicha taqdimnoma berildi, buyurtmachi-quruvchi Jumaniyozov Rahimboyga va “Shukurjan” MCHJ loyiha tashkiloti mualliflik nazoratchisiga nisbatan jarimalar rasmiylashtirildi. Loyiha tashkiloti tomonidan obyektda o'rin olgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezda chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Obyektning loyiha tashkiloti hamda mualliflik nazorati mutaxassisiga nisbatan Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasi 1-qismi bo’yicha ma’muriy javobgarlik chorasi qo’llanilgan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi