Jumurovul mahallasida sun’iy qoplamali mini futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi

So‘ngi yillarda yurtimizda “Tashabbusli budjet” doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy takliflardan ovoz berish yo‘li orqali eng munosiblarini aniqlash va moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani bugun o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. “Tashabbusli budjet”ning 2023 yilgi mavsumida Amudaryo tumanidagi Jumurovul mahallasi ham ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan edi.

Mazkur loyiha bo‘yicha mahalladagi 48-sonli maktab hududiga mini futbol maydoni qurildi va joriy yilning 3 iyun kuni budjet mablag‘lari asosida qurilgan ushbu o‘yingohning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu sana jumurovullik aholi, ayniqsa yoshlar hayotida quvonchli kun bo‘ldi. Chunki oldinlari mahallada zamonaviy futbol yoki mini futbol maydoni mavjud emas edi. Endilikda maktab o‘quvchilari va sportchi yoshlar mashg‘ulotlar bilan zamonaviy maydonda shug‘illanadigan bo‘lishdi. Ayniqsa, mini futbol maydoni yonida strit vorkaut sport maydonchasining ham qurib foydalanishga topshirilishi aholi va yoshlar orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Bu kabi sharoitlar aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etishda muhim vosita sanaladi.

Maydonning ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xo‘jametov, 3-sektor rahbari – tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jamoliddin Yusupov, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Amudaryo tuman bo‘limi boshlig‘i Alisher Yuldashev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Yalg‘ashboy Shomurotov, 48-sonli maktab direktori O‘ktam Qo‘shnazarov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Sharapat Joldasbayev, “Amudaryo maxsus qurilish” mas’ulyati cheklangan jamiyati direktori Jahongir Allamberganov , Jumurovul mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilmurod Bo‘ronov hamda mahallaning nuroniylari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi Sobir Xo‘jametov tabrik so‘zi bilan ochib, mahalla ahli va yoshlarni zamoaviy sport maydonchasi qurib foydalanishga topshirilgani bilan tabrikladi hamda kelgusida mahalladan chempion sportchilar yetishib chiqishiga tilakdosh bo‘ldi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda aholi turmush tarzini yaxshlash va mahallalar farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aytib o‘tdi. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari fuqarolarning ijtimoiy muammolarini ijobiy hal etish imkoniyatlarini taqdim etuvchi muhim omil ekani, mazkur tizim budjet mablag‘larining sarflanishida fuqarolarning bevosita istirok etishi, shuningdek, budjet mablag‘larining samarali sarflanishini kuzatib borish imkoniyatini yaratayotgani alohida qayd etildi.

Tadbirda maktabning “Yosh qutqaruvchilar” va “Yosh chegarachilar” musobaqalarining tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilarning harbiy chiqishlari hamda mahalla hududida joylashgan 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining guruh raqs chiqishlari namoyish qilindi. Shu kuni yangi maydonda 48-sonli maktab o‘quvchilaridan tarkib topgan jamoalar ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin yosh sportchilarning g‘oliblik uchun murosasiz bahslariga boy bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Tashabbusli budjet”ning 2023 yilgi mavsumida Jumurovul mahallasi ahli mazkur mini futbol maydonchasidan tashqari Shijoatli ko‘chasi uchun 1 ming 300 metr asfalt qoplamali yo‘l qurilishiga doir loyihasi bilan ham qatnashib, g‘olib bo‘lgan edi. Natijada ushbu loyihalar 2 milliard 720 million so‘m qiymatida davlat hisobidan moliyalashtirildi. Mazkur mini futbol maydoni “Amudryo maxsus qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qisqa fursatlarda, sifatli qilib qurildi. Mazkur maydon turli mavsumlarda sportchilarga qulaylik yaratish uchun yon va ustki qismi maxsus qoplamalar yordamida yopilgani bilan boshqa futbol maydonchalaridan ajralib turadi.

Bu kabi sharoitlar qachonlardir mahalla ahli va yoshlari uchun orzu edi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Endilikda yosh sportchilar mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib, tumanimiz nomidan ulkan yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz. Biz ham fursatdan foydalanib jumurovulliklarni zamonaviy mini futbol maydoni ishga tushgani bilan tabriklaymiz.

Shohzod Qurbonboyev