Ijtimoiy tarmoqda EFFECT.UZ kanali tomonidan “PUL ODAMDAN USTUN EMAS! O‘ZBEKISTONDA BOLALAR VA BOG‘ChALAR TAQDIRI MAVHUM BO‘LIB QOLMOQDA” sarlavhasi ostida Amudaryo tumani O‘rta qal’a OFYda yashovchi Saparova Qunduz tomonidan video murojaat yoritildi. Ushbu holat yuzasidan Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab talimi bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Amudaryo tumani O‘rta qal’a OFY Kitob 2 ko‘chasi 27-uyda YaTT Saparova Qunduz Ikramovna tomonidan “Barchinoy” nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021-yil 26-avgustda № 18347/O-01 sonli bitimga asosan o‘z ish faoliyatini boshladi. Mazkur Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvati 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 44 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olib kelishmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustda Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 426-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 2-ilovasi, 2, 3-boblariga ko‘ra DXSh va Oilaviy MTTga subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibi belgilangandi. Mazkur qarorga asosan https://nodavlat-bogcha.uz elektron platformasi ishlab chiqildi va 2022-yil sentabr oyidan amaliyotga tadbiq qilindi.
YaTT Saparova Qunduz Ikramovnaga qarashli “Barchinoy” nomli Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti https://nodavlat-bogcha.uz elektron platformasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilganda 11 nafar tarbiyalanuvchining fotosurati o‘rniga MTTBATga boshqa tarbiyalanuvchining fotosurati kiritilganligi aniqlangan. Holat bo’yicha YaTT Saparova Qunduz Ikramovnaga nisbatan 2024-yil 29-yanvar sanasida №01467 sonli DALOLATNOMA rasmilashtirilgan va unda 2024-yil yanvar oyidan 2024-yil mart oylari uchun subsidiya to‘lovlari hisoblanmasligi ko’rsatilgan.
Shunga qadar YaTT Saparova Qunduz Ikramovnaga hisoblangan subsidiya mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lab berib borilgan.
№01467-sonli DALOLATNOMAga asosan aprel oyidan YaTT Saparova Qunduz Ikramovnaga har-bir bolani tizim orqali davomatdan o‘tkazganligi uchun subsidiya mablag‘lari hisoblana boshlaganini ma’lum qilamiz.
Ya.Shamuratov, Amudaryo tumani MMTB boshlig‘i.