Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumandagi ovul va mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida xotin qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Go’zal Saburova, 49 ta OFY va MFY larda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Tuman hokimi o’rinbosari Go’zal Saburova so’zga chiqib, joriy yilning iyun oyi holatiga xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Ma’lumotda keltirilishida, joriy yilning 5 oyi mobaynida tumandagi 2536 nafar xotin-qizlarning turli yo’nalishlarda bandligi ta’minlanishiga erishilgan. Bunda xotin-qizlar faollarining hududlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlashdagi o’rni va ahamiyati katta ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Tadbir mobaynida tumanda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar tanqid va tahlil qilindi. Shuningdek, bu borada xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar xususida so’z yuritildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.