1 iyul holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 213 ming 646 kishini tashkil qildi

2024 yil 1 iyul holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 213 ming 646 kishini tashkil qildi. Shundan 108 ming 378 nafari erkaklar, 105 ming 268 nafari ayollardir.

Aholi sonining 25,7 foizi, ya’ni 54 ming 914 kishi shaharda, 74,3 foizi, ya’ni 158 ming 732 kishi qishloq joylarida yashaydi.

Joriy yil boshidan 1 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tuman bo‘yicha tug‘ilganlar soni 2 ming 114 nafarni, vafot etganlar soni 437 nafarni tashkil qildi.

2024 yilning yanvar-iyun oylarida 664 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ajrashganlar soni 76 ta.

Yanvar-iyun oylarida ko‘chib kelganlar soni 305 nafar, ko‘chib ketganlar soni 432 nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan Amudaryo tumanining aholisi 1 ming 677 nafarga ko‘paydi.

Amudaryo tumani Statistika bo‘limi boshlig‘i H.Haytimbetov