29-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo’lib o‘tdi.
Sessiyada tuman hokimi Sobir Xo’jametov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik mas’ul xodimlari, bo‘limlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani Kengash raisining o‘rinbosari G‘ulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi.
Sessiyada tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo’llash amaliyotining holati to’g’risida tuman Adliya bo’limi boshlig’i v.v.b Shavkat Vaisniyozov, Kengashdagi deputatlik o’rinlari sonini belgilash to’g’risida hamda tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha doimiy komissiya raisi Muzaffar Eshchanovlar axborot berdilar.
Shuningdek, sessiya majlisida tumanda qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarda amalga oshirilgan monitoring natijalari to’g’risida qishloq xo’jaligi bo’lim boshlig’i Qudrat Abdukalikovning, Sog’liqni saqlash, xususan, tez tibbiy yordam, kafolatlangan, bepul tibbiy yordam ko’rsatilishi holati yusasida Tibbiyot birlashmasi boshlig’i o’rinbosari Hokimjon Sobirovning, Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida bo’lim rahbari Yalg’ash Shamuratovning hisobotlari tinglandi.
Hisobotlar va axborotlar tinglanib, deputatlarning barcha masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalari inobatga olingan holda faol muhokamalardan keyin kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.