Ijtimoiy tarmoqda Amudaryo tumani Do’stlik MFY Matbuotchilar ko’chasida joylashgan ko’p qavatli uy ta’mirtalab ahvolda ekanligi mazmunida murojaat yoritilgan bo’lib, ushbu murojaat tumandagi mas’ul tashkilotlar tomonidan o’rganishlar natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Amudaryo tumani hokimligi hamda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan o‘rganishlar natijasida “Do‘stlik” MFY Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan 40-41-sonli ko‘p xonadonli uy-joylarga “Man bino ta’mir” boshqaruv servis komponiyasi (BSK) xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, murojaatda keltirilgan holatlarning ijobiy hal etilishi yuzasidan BSK rahbariga tegishli topshiriqlar berildi. Hozirda “Man bino ta’mir” boshqaruv servis komponiyasi tomonidan bolalar maydochasini ta’mirlash ishlari boshlandi.
Shuningdek, ushbu murojaatda ko‘rsatilgan 40-41-sonli ko‘p xonadonli uylarning fasad qismlarini ta’mirlash uchun “Man bino ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi hisobida mazkur uylarning majburiy badaldan yil boshidan, shuningdek, o‘tgan yildan qolib kelayotgan ko’p miqdordagi qarzdorligi mavjudligi sababli ta’mirlashga pul mablag‘lari yetarli bo‘lmaganligi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf qilish hamda ko‘p qavatli uylarni BSK tomonidan abanentlardan undirilgan majburiy badal pul mablag‘lari hisobiga tez fursatlarda ta’mirlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
“Qoraqalpoq suv ta’minoti” Amudaryo tumani filiali tomonidan o’rganishlar natrijasida 41-sonli ko’p qavatli uy oldida joylashgan kalonkadan suv isrofgarchiligi aniqlanganligi sababli kalonka tarmoqdan uzib qo’yilgan. Qolaversa, ko’p xonadonli uyda yashovchi 13 ta xonadonga ichimlik suv tarmog’i uy ichiga kiritilib, suv hisoblagichlar o’rnatilganligi, fuqarolar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida aholi vakillari ko’cha kalonkasiga zarurat yo’qligini ma’lum qilganligi to’g’risida tushuntirish xatlari olinganligi aniqlandi.
Tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi tomonidan ushbu ko’p qavatli xonadonlar joriy yilning 1 yarim yilligi mobaynida ikki marotaba to’liq dezinfeksiya qilingan, shuningdek, uy oldida omborxona o’rniga qurilgan molxona buzilib, go’ng va chiqindilardan tozalangan, aholiga sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish, ko’p qavatli binoda yashash qoidalari, atrof-muhitni toza saqlash yuzasidan tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borilgan.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.