Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 79-sessiyasi to‘g‘risida axborot

Туман янгиликлари

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 79-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning tuman kengashlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani 13-Qilichboy saylov okrugidan deputat Bahrom Qadirov ochdi va olib bordi.

Sessiya majlisida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga oid qator masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobotlari hamda axborotlari tinglandi.

Xususan, kun tartibidagi dastlabki – 2024-yilning 7 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Muxammetali Xojamuratovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 108ta jinoyatlar muhokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon o‘rganilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 1 ming 419 nafar shaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 207 nafar ijtimoiy profilaktika obyekti bo‘lgan shaxslarning muammolarini ijobiy hal etish choralari ko‘rilgan.

Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – mahalliy budjetning 2024 yil 1-choragi holatiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman hokimligining bosh mutaxassisi Jahongir Yo‘ldoshov hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jahongir Haydarov hisobot berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 12 avgust kungi 22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobidan umumiy maydoni 42,2 gektar yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish taklifini bildirdi.

Shundan so‘ng Kengashning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanovning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan axboroti tinglandi.

Axborotda tumandagi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga taklif etilgan nomzodlar Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgani hamda 64ta uchastkaning har biriga 11-13 nafardan jami 754 nafar nomzodlar ko‘rsatilgani ta’kidlandi.

Deputatlar kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha axborot va hisobotlarni tinglab, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol muhokamalardan keyin sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 79-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya majlisida Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, tuman saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning tuman kengashlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani 13-Qilichboy saylov okrugidan deputat Bahrom Qadirov ochdi va olib bordi.

Sessiya majlisida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga oid qator masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarning hisobotlari hamda axborotlari tinglandi.

Xususan, kun tartibidagi dastlabki – 2024-yilning 7 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Muxammetali Xojamuratovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, joriy yilning 7 oyi davomida tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 108ta jinoyatlar muhokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon o‘rganilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 1 ming 419 nafar shaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 207 nafar ijtimoiy profilaktika obyekti bo‘lgan shaxslarning muammolarini ijobiy hal etish choralari ko‘rilgan.

Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – mahalliy budjetning 2024 yil 1-choragi holatiga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman hokimligining bosh mutaxassisi Jahongir Yo‘ldoshov hisobot berdi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jahongir Haydarov hisobot berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 12 avgust kungi 22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobidan umumiy maydoni 42,2 gektar yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish taklifini bildirdi.

Shundan so‘ng Kengashning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeshchanovning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan axboroti tinglandi.

Axborotda tumandagi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga taklif etilgan nomzodlar Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgani hamda 64ta uchastkaning har biriga 11-13 nafardan jami 754 nafar nomzodlar ko‘rsatilgani ta’kidlandi.

Deputatlar kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha axborot va hisobotlarni tinglab, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Faol muhokamalardan keyin sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.