Ijtimoiy tarmoqlarda AT Xalq bankining Amudaryo tumani filiali tomonidan undirilgan kredit qarzdorligi xususida murojaat yoritilgan bo’lib, ushbu murojaat ma’sullar tomonidan o’rganishlar natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani Choyko‘l OFY Chaqcha ko‘chasi 10-uyda yashovchi fuqaro Jumatov Gulmurod Qadirbayevich tomonidan 2024-yil 1-sentabr kuni qilgan murojaati yuzasidan ma’lum qilamizki, fuqaro nomiga AT Xalq banki Amudaryo filialidan 2020-yil noyabr oyida ajratilgan kredit qarzdorligi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli FIB Amudaryo tuman sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilingan. Tayinlangan fuqarolik ishi bo‘yicha sud jarayonida kredit oluvchi va uning kafili tomonidan ushbu kredit hujjatlariga imzo qo‘ymaganliklari aniqlanganligi sababli sudning ajrimi bilan mazkur fuqarolik ishiga sud-xatshunoslik ekspertizasi tayinlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bo‘limining 2022-yil 28-may kungi №552-sonli xulosasiga ko‘ra kredit shartnomasidagi imzo boshqa shaxs tomonidan bajarilganligi ko‘rsatilgan bo’lib, shu sababli AT Xalq bank Amudaryo filialining kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Fuqaro Jumatov Gulmurod Qadirbayevich tomonidan kredit shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha FIB Amudaryo tuman sudi tomonidan 2024-yil 19-aprel kungi fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorida kredit shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb topilishi ko‘rasatilgan. 2024-yil 19-aprel kungi fuqarolik ishi bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan boshlab fuqaro Jumatov Gulmurod Qadirbayevich nomidagi plastik karta raqamidan kredit qarzdorlik uchun yechib olingan pul mablag‘lari fuqaroga qaytarib berilganligini, bundan buyog‘iga kredit qarzdorligi uchun plastik karta raqamidan pul mablag‘i yechib olmaslik choralari ko‘rilganligini ma’lum qilamiz.
D.Pirnepesov, AT Xalq banki Amudaryo universal BXM boshlig’i v.v.b